Главная » 2017 » Январь » 3 » Gulbahor Erqulova endi Ulug‘bek Rahmatullaevni tanqid qildi
18:09

Gulbahor Erqulova endi Ulug‘bek Rahmatullaevni tanqid qildi


Yangi yil bayrami munosabati bilan telekanallarda namoyish etiladigan bayram dasturlari bu yil ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Albatta, e’tirozlar bo‘lgani kabi maqtovlar ham yo‘q emas. Telekanallardagi bayram dasturlari bir-biridan deyarli farq qilmagani, konsertlarda bir xil san’atkorlar ishtirok etgani, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rilmagani tanqid ostiga olinmoqda.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi.
 
O‘z fikrlarini bayon etish asnosida bir xonandaning chiqishlaridan suratlarni joylashtirar ekan, tanilmagan xonandalar bayram dasturlarida chiqishiga alohida e’tibor qaratdi. Darhaqiqat, Erqulova suratini joylashtirgan xonandani nafaqat tomoshabinlar, balki san’at olami vakillarining ko‘plari tanimaydilar.

“O‘zbekiston” telekanali shuncha vaqt ketkazib, shunday xonandalarni topib, yangi yil bazmiga chaqirishibdi yoki prodyuserlari borib kelishgan... Ahvolini qarang, shuncha sanatda ishlab, ko‘rmaganman va tanimayman ham. To‘g‘ri, bir-ikki kahramonlar chiqishdi. Mayli, ularni chiqishiga hamma o‘rganib ham qoldi. Xalqimiz gapiradi, kuyadi shulardan boshqa yo‘qmi, deb – foydasi yo‘q. Mayli, ularning ovozi bor, iqtidori bor. Bir kun biror odam o‘zi bir xillikdan zerikib, o‘zgarmasa, hozircha shunaqa bo‘laveradi. Qancha kanal bo‘lsa, qoyil hamma joyga ulgurishibdi. Rossiya kanallarini karang qanaqa chiroyli dasturlar va eng kuchli sanatkorlar chiqishdi. Yoshlari nechchida bo‘lsa ham ssenariy asosida o‘z o‘rnida, birorta xalq tanimaydigan sanatkorni ko‘rmaysiz”, deb yozadi xonanda.
 
Gulbahor Erqulova ko‘pchilikning dilidagi gapni topib aytdi chog‘i, ijtimoiy tarmoqda uning hamfikrlari soni ortdi. Tanqidlar muhokamaga aylanib ketdi. Erqulova dasturni olib borgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevga alohida e’tiroz bildirdi.
 
“Dekoratsiya bir xil. Shunday ekan, ob-havo ham bir xil. Lekin kimdir issiq, kimdir yengil kiyimda. Rejissyor shu jihatlarga e’tibor qaratmagan. Ulug‘bek degan qo‘shiqchidan boshqa olib boruvchi O‘zbekistonda yo‘q deb o‘ylashgan. Qancha iqtidorli aktyorlarimiz, suxandonlarimiz bor, axir. Mana, Rossiya kanallarida qo‘shiqchilar bayram ko‘rsatuvilarini olib borishadi, lekin ularning dunyoqarashlari boshqa, hamma san’atkorlarni tanishadi va to‘g‘ri baho berishadi”. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Gulbahor Erqulova, Ulug‘bek Rahmatullaev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя