Главная » 2020 » Июнь » 27 » Ana xolos! Hindistonda homilador bo‘lolmayotgan ayol erkak deb tan olindi
22:11

Ana xolos! Hindistonda homilador bo‘lolmayotgan ayol erkak deb tan olindi


Hindistonlik 30 yoshli ayol homilador bo‘lolmayotgani tufayli erkak, deb tan olindi. Bundan tashqari, unda tuxumdon saratoni aniqlangan. Bu haqda Sputnik radiosi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, kalkuttalik ayol biologik xususiyatlarga ko‘ra, nozik jins vakili hisoblangan, ammo 9 yil davomida homilador bo‘la olmagan. Bundan tashqari, uning mudom qorni og‘rigan. O‘shanda ayol shifokorlarga yordam so‘rab murojaat qilgan va tuxumdonlari rivojlanmay qolganidan xabar topgan.

Tekshiruv davomida ayol - XY - erkak jinsiy xromosomalariga egaligi aniqlandi. Shuningdek, unga "tuxumdon saratoni" tashxisi qo‘yiladi. "Uning ovozi, rivojlangan ko‘kraklari, tashqi jinsiy a’zolari — bularning barchasi u ayol ekanligiga ishora qilardi", — deya tushuntiradi onkolog Anupam Dutta.

Mutaxassis bu juda noyob holat ekanligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimyoviy terapiyadan o‘tmoqda, holati barqaror.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Homilador, Ana xolos Hindistonda, erkak deb tan olindi, bo‘lolmayotgan, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя