Главная » 2020 » Декабрь » 30 » Timsoh homilador ayol bilan maktab o‘quvchisini g‘ajib tashladi
08:41

Timsoh homilador ayol bilan maktab o‘quvchisini g‘ajib tashladi


Zimbabvening Mxangura shahrida timsohlar ikki kishini o‘ldirishdi. Bu haqda mahalliy «Herald» nashri xabar bergan.

Birinchi hujum shanba, 26-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Yettinchi sinfni tugatgandan so‘ng imtihonlarni topshirib qaytayotgan 14 yoshli maktab o‘quvchisi yirtqichning qurboniga aylangan.

So‘ngra timsoh baliq ovlayotgan homilador ayolni tutib olgan. U xo‘rakni qo‘ygach, qo‘llarini yuvish uchun daryoga engashganda yirtqich jonivor uni suv ostiga tortib ketgan. Bir necha soatdan so‘ng bel va qo‘llarida chuqur jarohat izlari qolgan jasad topilgan.

Nil timsohlari Zimbabveda keng tarqalgan bo‘lib, uzunligi besh metrgacha yetadi. Nihoyatda tajovuzkor. Qora karkidon, begemot, jirafa, Afrika buqasi va hatto sher kabi yirik va kuchli hayvonlarga ham bas kelishadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: timsoh, Ayol, maktab o‘quvchisini, tashladi, homilador, g‘ajib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя