Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Ana xolos! Katta miqdordagi sug‘urta pulini olish uchun bir qo‘lidan voz kechgan qiz qamaldi
22:25

Ana xolos! Katta miqdordagi sug‘urta pulini olish uchun bir qo‘lidan voz kechgan qiz qamaldi


1 million yevro miqdoridagi sug‘urta pulini olish uchun bir qo‘lidan voz kechgan Sloveniya fuqarosi Yuliya Adlesich ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda “ABC News”.

Ta’kidlanishicha, qo‘lidan xalos bo‘lishga qaror qilishdan oldin qiz bir qator sug‘urta kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. Hiyla-nayrang sxemasi muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, Adlesich 500 ming yevroni darhol, qolganini esa oylik to‘lov sifatida olgan bo‘lar edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qizning yigiti arra bilan uning bir qo‘lini kesib tashlagandan so‘ng juftlik kasalxonaga murojaat qilgan va shifokorlarga holatni baxtsiz hodisa deb aytgan. Uzilgan qo‘lni qayta tikolmasliklari uchun uni uyda qoldirishgan.

Biroq kesilgan qo‘lni topgan va uning yana tikib qo‘yilishiga erishgan polisiya juftlikning firibgarlik rejasini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan.

Yigitning kompyuterida internet orqali qidiruvga berilgan eng so‘nggi so‘rovlarga e’tibor qaratgan polisiya  “sun’iy qo‘l qanday ishlaydi" kabi natijani bir necha bora qayd etgan.

Alal-oqibat qilgan jinoyati uchun Adlesich ikki yil, sherigi esa uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: katta miqdordagi, Ana Xolos, bir qo‘lidan, Qiz, qamaldi, sug‘urta pulini, voz kechgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя