Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi
14:08

Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi


Joriy yilning 23 noyabr kuni tungi soat taxminan 3:00lar atrofida Sirdaryo viloyati Shirin shahar "Amir Temur" mahallasi "Ibn Sino" ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelgan.

“Sirdaryo xabarlari” ma'lumotiga ko‘ra, shaxsi ochiqlanmagan haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotransport vositasi ushbu gaz quvuriga borib urilgan va natijada gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Shu vaqtning o‘zida shahar hokimligi hamda "Shirinshahargaz" gaz ta'minoti korxonasi xodimlarining sa'y-harakatlari natijasida muammo joyida va o‘z vaqtida bartaraf etilgani aytiladi.

Shu munosabat bilan gaz ta'minoti butun shahar bo‘ylab soat 3:00dan 9:00gacha uzib qo‘yilgan.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ana Xolos, gazsiz, Sirdaryoda, haydovchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя