Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Andijon viloyat hokimiga tegishli audiolar «ustalik bilan montaj qilingan» bo‘lsa, milliarderda nima ayb?
21:59

Andijon viloyat hokimiga tegishli audiolar «ustalik bilan montaj qilingan» bo‘lsa, milliarderda nima ayb?


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan audioyozuvlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

- Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimiga tegishli audioyozuvlar (avvaldan yozib olingan) ketma-ket tarqatilayotganligi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘layotganligi barchamizga ma’lum.

Ushbu audiolarni ketma - ket tarqalishi ortida Andijon viloyati hokimiga nisbatan axboriy hujumlar uyushtirish, viloyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga nisbatan xolisona fikr bildirayotgan jurnalistlar hamda fuqarolarning munosabatlarini boshqa tarafga yo‘naltirish, viloyat hokimi hamda tadbirkorlar o‘rtasida sun’iy to‘siqlarni yuzaga keltirish kabi maqsadlar yotganligini sezish mumkin.

Bir guruh ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 2 yil muqaddam yozib olingan audioyozuvlar ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chirib olinib, g‘arazli maqsadda uni ma’lum qismini kesib, «hayp» qilish niyatida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib borilmoqda.

Soha mutaxassislarini jalb qilgan holda tarqalgan audioyozuvlarni o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida shu ma’lum bo‘ldiki, audioyozuvlar «alohida mutaxassislar» yordamida turli xil audioyozuvlardan kesib olib, montaj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Misol uchun: «Andijon viloyati hokimining tadbirkorlarga munosabati» nomli audioda viloyat hokimining (1 daqiqa 6 soniyalik) tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi nutqi yozib olinganligi va ijtimoiy tarmoqlarga joylanganligidan xabaringiz bor. Agar diqqat bilan eshitsangiz, ushbu audioning 59 - soniyasidan to 1 daqiqayu 6 soniyasiga qadar bo‘lgan qismi boshqa audioyozuvdagi kontekst ekanligi, uni kesib olingan holda boshqa audioyozuvga ustomonlik bilan montaj qilinganligini ko‘rishingiz mumkin (audioyozuvdagi tasvir va ovoz o‘zgarayotganligini sezish qiyin emas). Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, «Andijonda rahbarlar oyoq kiyimlarni reklama qilishmoqda...mi?» sarlavhasi ostidagi fotolavhalar ijtimoiy tarmoqlarga go‘yoki Andijon viloyati hokimining navbatdagi «qahramonligi» sifatida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aslida ham «shu kunlarda» Andijon viloyati hokimi talabalar yotoqxonasiga borib, ular bilan uchrashganmidi? (Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan Oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy darslar 16 noyabrdan qayta tiklandi. Xohlovchilar onlayn o‘qishlari mumkin).

Xabaringiz bor, 2020 yil 15 mart kunidan boshlab Respublikamiz bo‘ylab kuchaytirilgan karantin choralari o‘rnatildi. Shu qatorida oliy ta’lim muassasalari ham vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan rasm esa go‘yoki shu kunlarda olinganligini ma’lum qilishgan. Aslida esa ushbu fotolavha viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan 2019 yil 4 sentyabrda olingan.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlarga joylab borilayotgan bu audioyozuvlar yillar davomida bir guruh shaxslar tomonidan yig‘ib borilganligi, bu ishlar viloyat rahbarining imidjiga ta’sir ko‘rsatish niyatida puxta o‘ylangan reja asosida amalga oshirilayotganligini sezish mumkin.

Ushbu audioyozuvlarni keng ommaga tarqatish ortida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish uchun ko‘zda tutilgan jazo choralari kuchaytirilganligini inobatga olgan holda mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

P/S Xo‘sh, unda milliarderda nima ayb? Axir Alisher Usmonov Namangan xayriya ishlarini yaqin bir yilda boshlagan bo‘lsa...


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayb, viloyat, ANDIJON | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя