Главная » 2021 » Февраль » 22 » Andijonda erkak yig‘ishtirilmagan uy sabab yosh kelinni urib o‘ldirdi
20:59

Andijonda erkak yig‘ishtirilmagan uy sabab yosh kelinni urib o‘ldirdi


Andijon shahrida yashovchi T.S. va D.SH.  turmush qurganlariga xali bir yil ham to‘lmagan edi.

Ayol ishlar ko‘payib ketgani uchun ishdan kech kaytib, ovqat tayyorlayotgan bir paytda turmush o‘rtog‘i ko‘chadan kirib keladi. Bu paytda ular bilan birga yashaydigan xonadon kattalari uyda bo‘lmagan. Ishdan kech kelganligi, uyning saranjom-sarishta emasligi sabab o‘rtada janjal boshlanadi. Erkak xotinini do‘pposlashgacha borib yetdi.

Kaltaklanib, hushini yo‘qotgan D. shifoxonaga yetib bormasdan vafot etdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida marhumada bosh miya yopiq jarohati, teri osti va to‘qimalarga qon quyilishlar, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, shilinma jarohatlar, umuman, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari borligi qayd etilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi raisi Abdurashid Isaqov raisligida ushbu holat bo‘yicha sud ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yig‘ishtirilmagan, kelinni, o‘ldirdi, Andijonda, urib, Erkak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя