Главная » 2021 » Январь » 4 » Zominlik ota beshikda yotgan ikki oylik qizalog‘ini urib o‘ldirdi
21:57

Zominlik ota beshikda yotgan ikki oylik qizalog‘ini urib o‘ldirdi


Jizzax viloyati Zomin tumani, Dashtobod shahri, Paxtakor mahallasida yashovchi fuqaro xotini bilan janjallashayotgan vaqtida beshikda yotgan go‘dak qizalog‘ini  o‘ldirib qo‘ydi.  

Voqeaga erkakning shar’iy nikohidagi bo‘lgan ayoli bilan kelishmovchiliklari sabab bo‘ladi. 2020 yilning sentyabr oyida ayol shar’iy nikohidagi erining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan gaplashayotganidan xabar topgach, janjal ko‘taradi. Shu sabab oilada halovat yo‘qoladi. 2020 yilning 9 oktyabr kuni tungi soat 23 larda ularning beshikda yotgan qizi yig‘lay boshlaydi. Er ayolning bolani eplay olmayotganidan jahli chiqib, go‘dakni o‘zi uxlatmoqchi bo‘ladi. Bu yana janjalni keltirib chiqaradi. Er xotinini urish uchun beshikdagi  yostiqni olgan vaqtda, bolaning boshi beshik qirrasiga tegadi. Shu tariqa bolaga boshqa jarohatlar ham yetkaziladi. 

Ertalab ayol ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. 2020 yilning 17 avgustida tug‘ilgan qizaloq shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan otasi tomonidan yetkazilgan jarohatlar oqibatida vafot etadi

Sud tibbiy ekspertizasi bolaning o‘limiga bosh miya yopiq jarohat, miya to‘qmasining ezilishi, miya pardasi ostiga, miya to‘qimasiga qon quyilishi kabi bir qancha jarohatlar sabab bo‘lganligini isbotladi. Sud aybdor otani 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qizalog‘ini, yotgan, ota, Zominlik, urib, o‘ldirdi, beshik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя