Главная » 2021 » Январь » 19 » Andijonda ota voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgan. IIB tekshiruv boshladi
17:47

Andijonda ota voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgan. IIB tekshiruv boshladi


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotganligi haqida videoyozuv tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, videoyozuvdagi qiz holat bo‘yicha vakolatli idoralarga murojaat qilishiga qaramasdan hech qanaka chora ko‘rilmayotganligi haqidagi vajlariga aniqlik kiritish maqsadida Xo‘jaobod tumani prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qizini, IIB, Zo‘rlab, Andijonda, voyaga yetmagan, ota | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя