Главная » 2017 » Май » 25 » «Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari yopiladi
13:30

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari yopiladi


«O`zbekiston» telekanalining «Axborot» va «Tahlilnoma», «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» va «Yoshlar»ning «Davr» informasion dasturlari yopiladi. Milliy teleradiokompaniya (MTRK) ushbu xabarni UZ24ga tasdiqladi.

Barcha axborot-tahliliy dasturlar «Diyor» kanali va «Toshkent» radiokanali negizida tashkil etilgan «O`zbekiston 24» telekanali orqali kun-u tun efirga uzatiladi. Yangi kanalning ochilish sanasi hozircha noma`lum.

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» dasturlari namoyishi «O`zbekiston 24» faoliyati boshlanguniga qadar davom etadi.

Prezident may oyi boshida Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O`zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzolagandi. Telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo`ladi hamda mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritib boradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ozbekiston 24, axborot, Davr, poytaxt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя