Главная » 2020 » Апрель » 18 » Bir yo‘la 14 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 185 nafarga yetdi
17:18

Bir yo‘la 14 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 185 nafarga yetdi


Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir 

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sog‘aydi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ular Sog‘liqni saqlash vaziri mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari poytaxtdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan. Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda Toshkentga kelishgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. 

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 185 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bemor tuzaldi, nafarga yetdi, koronavirusdan sog‘ayganlar, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя