Главная » 2020 » Май » 8 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1700ga yaqinlashdi
12:43

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1700ga yaqinlashdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan, Sirdaryo va Andijonda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Namangan viloyatidan 22 nafar bemorga javob berilgan. Ularning 10 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 73 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda shu paytga qadar 137 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 159 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida 8 nafar bemor sog‘ayib chiqqan. Ularning barchasi Qozog‘iston Respublikasidan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatilmoqda. Viloyatda shu paytga qadar 5 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 13 nafarga yetdi.

Andijonda yana 2 nafar bemor darddan forig‘ bo‘lgan (32 yoshli ayol va 28 yoshli erkak). Ularning ikkisi ham Andijon shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda shu paytga qadar 133 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 135 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1688 nafarga yetdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan sog‘ayganlar, O‘zbekistonda, yaqinlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя