Главная » 2020 » Июнь » 3 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi
16:55

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi


Bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 43 nafar bemor sog‘aydi va Respublika bo‘yicha shifo topganlarning umumiy soni 3004 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘uruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aygan va reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning:

- 6 nafari Namangan viloyatidan; - 5 nafari Toshkent shahridan; - 3 nafari Samarqand viloyatidan; - Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. 

Ma’lum qilinishicha, bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning:

- 4 nafari Xorazm viloyatidan; - 3 nafari Samarqand viloyatidan; - Qoraqalpog‘iston Rspublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

3-sonli tug‘uruq majmuasida shifo topganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda  2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

Toshkent shahrida bugunga qadar 1127 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning umumiy soni 1170 nafarga yetdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, koronavirusdan sog‘ayganlar, nafardan oshdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя