Главная » 2021 » Февраль » 8 » Bollivudning yoshi orasida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)
23:24

Bollivudning yoshi orasida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)


Baxt, oilaning mustahkamligi yoshdagi farq bilan emas, yoshlarning bir-birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq. Quyidagi yulduzlar esa buning isboti.

Priyanka Chopra va Nik Jonas

Maftunkor, aqlli va iste’dodli aktrisa o‘zidan 10 yosh kichik bo‘lgan amerikalik xonandaning yuragidan urgan. Juftlik tanishganiga 1 yil bo‘lmay turib munosabatlarini nikoh bilan bog‘lagan. Mashhurlarning to‘y marosimi dabdabali va esda qolarli ekani bilan tillarda doston bo‘lgan.

Saif Ali Xon va Karina Kapur

Saif Ali Xon Karinadan avval o‘zidan 13 yosh katta Amrita Singxga uylangan bo‘lgani sabab ularning munosabatlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ammo aktyorning Kapur xonimdan 10 yosh kattaligi va odamlarning gap-so‘zi qiziqtirmagan. Yulduzlar oila qurgan va farzandli bo‘lgan.

Mira Rajput va Shahid Kapur

2015-yilda turmush qurgan vaqti Shahid 34, Mira esa 21 yoshda bo‘lgan. Yoshida 13 yosh farq bo‘lishiga qaramay, juftlik baxtli hayot kechirmoqda va ikki nafar farzandning ota-onasi.

Xema Malini va Dxarmendra

Mashhurlar “Zita va Gita” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Aktrisaga oshiq bo‘lib, aql-hushini yo‘qotgan aktyor birinchi rafiqasi bilan ajrashgan. Uzoq vaqt ro‘yxush bermagan aktrisani Dxarmendra alal-oqibat sevgisiga ishontira olgan. Oila a’zolarining qarshiligi, o‘rtasidagi 13 yosh farq ularni turmush qurishdan qaytara olmagan. Turmush qurganiga 40 yil bo‘lgan yulduzli juftlik ikki qiz farzandni katta qilib kelmoqda.

Sanjay Datt va Manyata

Shundoq ham yetarlicha mashhur bo‘lib ulgurmagan Manyata turmushga chiqqanidan keyin aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ygan. Yoshida 19 yil farq bo‘lgan juftlik 2008-yilda oila qurgan.

Dilip Kumar va Sayra Banu

Turmush qurgan vaqti aktyor 45, Sayra esa 22 yoshda bo‘lgan. Yoshida 23 yosh farq bo‘lgani, oilasida turli muammolar yuz berganiga qaramay, juftlik bugungi kunda baxtli va ahil hayot kechiradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Bollivudning, (FOTO), yulduzli juftliklari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя