Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Bred Pittga nisbatan tekshiruv yakunlandi
20:05

Bred Pittga nisbatan tekshiruv yakunlandi


Los-Anjeles okrugining Bolalarni himoya qilish xizmati aktyor Bred Pittning farzandlariga qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqidagi ma’lumot yuzasidan unga nisbatan boshlagan tekshiruvi yakunlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Bolalarni himoya qilish xizmati Pitt samolyot bortidagi janjal chog‘ida o‘z farzandlariga nisbatan kuch ishlatmagan, degan xulosaga keldi.

TMZ nashri huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib yozishicha, puxta tekshiruv o‘tkazilgan, uning davomida xizmat xodimlari Pittni, uning rafiqasi Anjelina Jolini, ularning farzandlarini va hodisaning boshqa guvohlarini so‘roq qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Bred Pitt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя