Главная » 2017 » Январь » 13 » Anjelina Joli va Bred Pitt Yarashdi
14:54

Anjelina Joli va Bred Pitt Yarashdi


So‘nggi paytlarda Andjelina Joli va Bred Pittning ajrashayotganidan tahlikaga tushgan muxlislari, yaqinlari va do‘stlari kutilmagan yangilikdan xursand bo‘ldilar, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ajrashayotgan yulduzlar kutilmaganda yagona bitimga kelishdi. Yaqin kunlarda “jang”ga kirishgan Anjelina va Bredning murosaga kelishi hamma uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi. 

Joli huquqshunoslardan tashkil topgan o‘z guruhi bilan turmush o‘rtog‘ini omma oldida beobro‘ qilishga kirishgan bo‘lsa, Pitt esa uni bolalarni o‘ziga qarshi qo‘yishda, ularga ma’naviy zarar yetkazishda ayblagan edi.

Endi esa Pitt va Joli farzandlarining manfaati yo‘lida “yagona frontda jang”qilishga bitim tuzganliklari haqida ma’lum qilishdi. Shu maqsadda ular ajrashishlariga oid bo‘lgan yangilik va ma’lumotlarni ommadan yashirishga kelishishdi. Tasodifan birorta ma’lumotga ega bo‘lmasa, matbuot ham ularning ajrimi qanday yakun topganidan bexabar qoladigan bo‘ldi.

Ajrashishlari bundan 4 oy ilgari e’lon qilingan Anjelina va Bredning nega aynan hozirga kelib, bunday qarorga kelgani jumboqligicha qolmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Bred Pitt, Yarashdi, Anjelina Joli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя