Главная » 2017 » Апрель » 15 » Anjelina Joli biznesmenga turmushga chiqmoqda
21:12

Anjelina Joli biznesmenga turmushga chiqmoqda


OAVlar bergan ma’lumotga ko‘ra, Anjelina Joli yana turmushga chiqishga qaror qildi, deb xabar berdi Lady.mail.ru nashri.

Ajelina Joli va Bred Pittning ajrashish jarayoni hali nihoyasiga yetmasdan, G‘arb nashrlari 41 yoshli aktrisaning yana turmushga chiqayotganligi haqida xabar berdi.

In Touch nashrining xabar berishicha, Joli o‘tgan yili tanishgan, xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi biznemenga turmushga chiqmoqda. Insayderning so‘zlariga qaraganda, Anjelinaning yangi oshig‘i uning farzandlari bilan tanishish uchun Los-Anjelesga uchib keladi.

“Bred Anjelinaning turmushga chiqish tugul, boshqa odam bilan uchrashishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi”, deb ma’lumot berdi manba 53 yoshli Bred Pittning g‘aflatda qolganligini nazarda tutib.

Shuni ta’kidlash joizki, Bred va Anjelinaning ajrashayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandan keyin ularning ishqiy sarguzashtlari haqida turli-tuman xabarlar tarqalgan edi. Ammo ularning birortasi rasman tasdiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentabr oyida Bred Pitt 41 yoshli Anjelina Joli bilan ajrashayotganligi ma’lum bo‘lgan edi. Joli va Pitt 12 yil birga yashadi, ularning 6 nafar farzandi bor (uch nafari asrab olingan).


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Anjelina Joli, biznesmen, turmushga chiqmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя