Главная » 2017 » Июль » 4 » Sitora Alimjonova turmushga chiqmoqda
16:59

Sitora Alimjonova turmushga chiqmoqda


Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi.

Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi:

“Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to‘y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to‘y qilayotganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘sha paytda men yosh edim, kar’era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to‘y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.

Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 27 yoshda, u tadbirkor”

“Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To‘y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so‘zlarini davom ettirib.

Sitora Alimjonova shuningdek, to‘yi shu yilning 8 avgustida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishini va unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Sitora xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning “Sog‘inib” klipidagi obrazi orqali elga tanilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sitora Alimjonova, turmushga chiqmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя