Главная » 2020 » Июнь » 30 » Bugun 200 nafarga yaqin bemor sog‘aydi
23:22

Bugun 200 nafarga yaqin bemor sog‘aydi


Bugun, 30 iyun kuni Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko'ra, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog‘aydi. 

Xorazm viloyatida esa COVID-19 dan tuzalganlarning soni 302 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. 

Shu tariqa, bugun 186 nafar bemor COVID-19 dan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 200 nafarga yaqin, Bugun, bemor sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя