Главная » 2022 » Август » 12 » Bugun Yerga potensial xavfli bo‘lgan asteroid yaqinlashadi
15:58

Bugun Yerga potensial xavfli bo‘lgan asteroid yaqinlashadi


AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) bugun, 12 avgust kuni Yerga potensial xavfli bo‘lgan 2015 FF asteroidi yaqinlashishini maʼlum qildi. 

Asteroid 2015 FF soatiga 33 ming kilometrdan ortiq tezlikda uchadi, bu tovush tezligidan qariyb 27 marta tezdir. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 avgust kuni asteroid Yerdan 4,3 million kilometr uzoqlikda bo‘ladi, bu Yer va Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofadan sakkiz baravar ko‘p.

Qayd etilishicha, fazo meʼyorlariga ko‘ra, bunday masofa “mayda chegara” hisoblanadi.

NASA mutaxassislari, shuningdek Yerdan 7,5 million kilometr masofada tez harakatlanadigan har qanday obʼekt “potensial xavfli” maqomini olishini aytgan.

Astronomlar 2015 FF'ni kuzatishda davom etmoqdalar, chunki uning trayektoriyasidagi har qanday o‘zgarish uning Yer bilan to‘qnashishiga olib kelishi mumkin.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Asteroid, yaqinlashadi, bo‘lgan, Yerga, Bugun, xavfli, potensial | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя