Главная » 2022 » Август » 3 » Buxoroda voyaga yetmagan qizni fohishalikka undagan qo‘shmachi ayol ushlandi
19:06

Buxoroda voyaga yetmagan qizni fohishalikka undagan qo‘shmachi ayol ushlandi


Buxoro shahrida qo‘shmachilik qilib kelgan va voyaga yetmagan qizlarni ham shu ishga chorlagan ayolga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, G‘ijduvon tumani “Pozagari” MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.M. ismli ayol fuqarolar S.O. va N.F. ismli hamda voyaga yetmagan X.J. bilan telefon orqali tanishib, ular bilan uchrashib, ularga Buxoro shahrida yaxshi daromadli ish borligini aytib qiziqtirgan.

S.M. ularga fohishalik bilan shug‘ullanishlarini, o‘zi mijoz topib berishini tushuntirgan. U 2021 yil o‘rtalaridan 2022 yil mart oyiga qadar ayollarni  Buxoro shahridagi turli millatga mansub fuqarolarga maʼlum bir haq evaziga turli joylarga yuborib, qo‘shmachilik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxoroda, Ayol, Qizni, voyaga, fohishalikka, yetmagan, undagan, Qo‘shmachi, ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя