Bizga Telegramda qo'shiling!

Главная » 2021 » Ноябрь » 27 » Dahshatli qotillik: Parkentda 9 yil oldin yo‘qolgan 18 yoshli qizning suyaklari topildi
21:20

Dahshatli qotillik: Parkentda 9 yil oldin yo‘qolgan 18 yoshli qizning suyaklari topildi


Bundan 9 yil avval, aniqrog‘i 2012 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahrida yo‘qolgan 18 yoshli qizning jasadi topildi. Qizni onasidan 9 yosh kichkina bo‘lgan o‘gay otasi o‘ldirgani aniqlandi. Bu haqda “Yangi davr” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma oxirgi marta 2012 yilning 25 sentyabr kuni ko‘rinish bergan. Qiz onasidan 9 yosh kichik bo‘lgan o‘gay otasi chaqirgani uchun Toshkent shahridagi “Eski jo‘va” bozoriga borgan va uyga qaytib kelmagan. Shundan so‘ng qizni hech kim ko‘rmagan. 

Mazkur holat yuzasidan 2012 yil 11 noyabr kuni prokuratura organlari tomonidan odam o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq tergov natijasiz tugagan: aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagani uchun ish bir necha bor harakatdan to‘xtatilgan.

Jinoyat ishi 2020 yil 1 aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilgach, qizning bedarak yo‘qolgan holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyati alomatlari mavjudligi sababli Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, ish qayta tergov olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbiri natijasida qiz qotillik qurboni bo‘lgani, o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga kiruvchi qasddan odam o‘ldirish jinoyati 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan S.T. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Qiz Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi hovlilardan birining yerto‘lasidan topilgan. 

Ayblanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Parkent tumanidagi hovli o‘rganilganda haqiqatan ham uy yerto‘lasida odam suyaklari borligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan 37 yoshli S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyatini sodir etgani uchun Toshkent viloyati sudi tomonidan 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: suyak, Parkentda, Yoshli, Qiz, topildi, 9 yil, oldin, yo‘qolgan, Dahshatli qotillik, 18 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя