Главная » 2016 » Декабрь » 7 » Dori ichib semirib ketdim, endi ozolamanmi?
18:50

Dori ichib semirib ketdim, endi ozolamanmi?


— Gormonal vositalar yordamida davolanganimdan so‘ng anchayin to‘lishdim. Semizlik muammoga aylanmasidan burun ozsam degandim, ammo bu ishni qanday bajaraman?

Nozima Abdullayeva, Toshkent viloyati

Savollarga shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA aniqlik kiritadi.

— Gormonal vositalarning qabuli odatda, ishtahaning yaxshilanishini paydo qiladi. Bu esa tabiiyki vazn ortishiga sabab bo‘luvchi omillardandir. Ozmoqchi bo‘lsangiz, avvalambor organizmni tozalash choralariga diqqat qarating. Giyohli choylar (moychechak, dalachoy, shivit suvi)dan foydalanishingiz mumkin. Nahorga limonli suv ichish, qovoq yoki zaytun moyini salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ham foydali. Ovqatlanish miqdorini kamaytiring, tez-tez – kuniga 6 marta tanovul qilishga odatlaning, taomlar orasida, albatta, ikkitadan meva yoki sabzavot (misol uchun sabzi) yeng, chaq-chuqlar, tvorog, qatiq yordamida ishtahani aldang. Har kuni kamida 3-4 bekat piyoda yuring, vaqtida uxlang va zinhor asabiylashmang, bu tamaddi qilish istagini faollashtirishi mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: endi ozolamanmi, dori, semiz, Dori ichib semirib ketdim, ozg'in | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя