Главная » 2020 » Апрель » 30 » Dunyoning eng ekologik toza shaharlari nomi ma’lum bo‘ldi
11:34

Dunyoning eng ekologik toza shaharlari nomi ma’lum bo‘ldi


Dunyoning eng yashil va ekologik toza shaharlari reytingi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Lonely Planet.

Xabarda aytilishicha, tadqiqotchilar reyting tuzishda dunyoning yirik shaharlaridagi yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari, havoning ifloslanish darajasi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, jamoat transportidan foydalanuvchilar, dehqon bozorlari soni kabi qator ko‘rsatkichlarni inobatga olgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Vena egalladi. Bu shaharda bog‘lar va dam olish hududlari soni ko‘p, jamoat transporti qulay. Aholining yarmi yillik chiptaga ega bo‘lib, shaxsiy transportdan voz kechgan.

Ikkinchi o‘ringa ham bog‘lari ko‘p Myunxen joylashdi. Rivojlangan jamoat transporti tizimi havoni ifloslantiruvchi shaxsiy avtomobillar sonini qisqartirish imkonini bergan.

Ro‘yxatda uchinchi o‘ringa Berlin loyiq ko‘rildi. Shaharda piyoda sayr qilish hududlari ko‘p va jamoat transporti tizimi yaxshi rivojlangan.

Yuqori beshlikni Madrid va San-Paulu yakunlab bergan. Ispaniya poytaxtida ko‘plab xiyobonlar, bog‘lar va botanika bog‘lari joylashgan. Braziliyadagi shaharda esa dehqon bozorlarining sanog‘i yo‘q. Shuningdek, ushbu shahar aholisi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan hammadan ko‘p foydalanadi.

O‘ntalikka shuningdek, Manchester, Lissabon, Singapur, Amsterdam va Vashington kiritilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum bo‘ldi, ekologik toza, Dunyoning, shaharlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя