Главная » 2018 » Декабрь » 24 » Endi kim «Uyda yolg‘iz» qoladi?
21:39
Endi kim «Uyda yolg‘iz» qoladi?

«Disney» hamda «Fox» kinostudiyalari «Uyda yolg‘iz» komediyasini yana ekranlarga qaytarmoqchi. Bu haqda «SplashReport» xabar bermoqda.

Film ssenariysi ustida Mayki Dey va Striter Seydel («Shanba kechki efirida» musiqali-hajviy ko‘rsatuvchi mualliflari) ishlashyapti. Bo‘lajak rejissyor kim bo‘lishini yaqin orada bilib olamiz.

Xabarlarga ko‘ra, tomoshabinlar remeyk emas, balki haqiqiy film ko‘rishadi — yangi seriya va yangi nomlar. Xuddi shunga o‘xshash voqea yaqinda «Jumanji» filmi bilan ham sodir bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmining birinchi talqini 1990 yilda suratga olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | Просмотров: 629 | Добавил: ADMIN | Теги: Uyda yolg‘iz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
waplog

Copyright © Tarona.net Media 2014-2019 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |