Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Erdog‘an O‘zbekistonga keladi
11:56

Erdog‘an O‘zbekistonga keladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya elchisi Olgan Bekar Toshkentda 29-oktyabr – Respublika mustaqillik kunining 99 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda ma’lum qilgan.

“O‘zbekiston – umumiy tamaddunimiz beshigi, tilimiz va madaniyat ildizlari tutashgan zamindir. Turk va o‘zbek xalqlarini tarix mobaynida birodarlik va mehr-oqibat rishtalari bog‘lab kelgan. Ikki xalq barcha davrlarda ham bir-birini imkon qadar qo‘llab-quvvatlab kelgan”, – dedi O.Bekar.

Uning fikricha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yaqin kunlarda O‘zbekistonga joriy yil hisobidan uchinchi bor tashrif buyurayotganini ma’lum qildi.

Qayd etish mumkin, 11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Turkiya rahbari sammit doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: keladi, O‘zbekistonga, Erdog‘an | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя