Главная » 2016 » Ноябрь » 8 » Farhod va Rayhonning asal oyi Dubayda o‘tadi?
14:56

Farhod va Rayhonning asal oyi Dubayda o‘tadi?


O‘tgan hafta Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimovning nikoh to‘ylari haqidagi bahs-munozaralar bilan o‘tdi. Kimdir bu yangilikka ishondi, kimdir esa yo‘q. 5 noyabr kuni shahrimizdagi “Atlanta” restoranida ularning nikoh to‘yi munosabati bilan Amru-ma’ruf dasturxoni yozildi. Endi esa navbat to‘yga!
 
Hozircha, to‘yning qachon bo‘lishi ma’lum emas, biroq gap-so‘zlarga qaraganda, Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyevaning asal oylari BAAning Dubay shahrida o‘tadi. Buni Farhod Alimovning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarida ma’lum qildi
 
Garchi bu tasdiqlanmagan ma’lumot bo‘lsa-da, Farhod Alimovning so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, to‘y tadbiri kichik doirada o‘tkaziladi va ular Dubayga jo‘nab ketishadi. Balki to‘yning o‘zi Dubayda o‘tar? 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farhod va Rayhon, asal oyi, Rayhon, Dubay | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя