Главная » 2017 » Март » 27 » FVV ogohlantiradi: aprelni qor bilan qarshilaymiz!
11:37

FVV ogohlantiradi: aprelni qor bilan qarshilaymiz!


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldindagi 10 kun mobaynida mamlakatimizda ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi haqida xabar qildi.

Xususan, 30-31 mart kunlari respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metr tezlikda esadi.

26-31 mart kunlari mamlakatimizning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Shu kunlari tog‘ oldi hududlarda esa sel kelishi mumkin.

Aprel oyida O‘zbekiston bo‘ylab havo keskin o‘zgarishi kutilyapti. 1-2 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 22 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.

2-4 aprel kunlari esa havo harorati keskin tushib ketadi, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi 3 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kayfiyatingiz doimo yuqori bo‘lsin. Qalbingizda bahor mangu yashasin!

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bilan qarshilaymiz, qor, Aprel, FVV ogohlantiradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя