Главная » 2017 » Август » 21 » Go‘sht va un narxining pasayishiga huquqiy asos yaratildi
15:31

Go‘sht va un narxining pasayishiga huquqiy asos yaratildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 15 avgustdagi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorga asosan, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab go‘sht, un va yog‘ mahsulotlari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi saytida xabar berildi.

Prezident Qaroriga muvofiq, bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aksiz soliqlarining bekor qilinishi valyuta islohoti davrida aholining kam ta’minlangan qatlamini himoya qilishga qaratilgan.

Nol stavkada boj qo‘llanilib mamlakatga kiritilgan import mahsulotlari mahalliy tadbirkorlarni siftli mahsulotlar ishlab chiqarishga chorlaydi. Import tovarlari bilan raqobatga kirishish uchun ular o‘z strategiyalarini qaytadan ko‘rib chiqishlari zarur bo‘ladi. Bunda narxlarning asossiz oshishi holatlari kamayadi.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pasayishiga huquqiy, yaratildi, ASOS, narxining, Go‘sht va un | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя