Главная » 2016 » Ноябрь » 13 » Google Play’dagi yangi virus 1 mln foydalanuvchiga hujum qilishga ulgurdi
20:45

Google Play’dagi yangi virus 1 mln foydalanuvchiga hujum qilishga ulgurdi


Bir milliondan ortiq Android-smartfonlar Google Play’da tarqalgan Android.MulDrop.924 troyani bilan zararlandi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Dasturiy ta’minot dasturlarni foydalanuvchini ogohlantirmasdan yuklab oladi va ularni o‘rnatishni taklif qiladi, xiralik bilan reklamalarni ko‘rsataveradi.

Zararkunanda xususiyatlar o‘yinlarda va boshqa dasturlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan foydalanish imkonini beruvchi Multiple Accounts: 2 Accounts dasturidan topildi. U o‘z funksiyalarini haqiqatda bajaradi, biroq zarar ham keltiradi.

Avvalo, troyan foydalanuvchini ogohlantirmasdan, begona dasturlarni yuklab oladi. Bundan tashqari, zararkunanda dasturiy ta’minot xiralik bilan reklama ko‘rsatadi.

Multiple Accounts: 2 Accounts o‘z ichiga bir nechta zararkunanda modullarni oladi. Mutaxassislar Google’ni ushbu xavf haqida ogohlantirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Google Play, virus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя