Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Tailandda xavfli virus tarqaldi
17:08

Tailandda xavfli virus tarqaldi


Tailandning Pattayya shahrida chikungunya virusi keltirib chiqaruvchi kasalliklar soni keskin ko‘payishi qayd etildi. U inson salomatligi uchun xavfli, deb yozadi «The Thaiger».

Nashrning ma’lum qilishicha, kasallik tashuvchi chivinlar chaqishi orqali infeksiya tarqalgan. Kasallanganlarda bir necha kun davomida yuqori tana harorati, umumiy lohaslik va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilgan.

Bundan tashqari, ba’zi hollarda bemorlarni shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri keladi.

Mahalliy hokim Sontxaya Kxunplyuem sog‘liqni saqlash mutasaddilariga vaziyatni o‘z nazoratlariga olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, rasmiylar xavfli hududlarga ishlov berish, shuningdek, ko‘lmak suv havzalarini (yopiq mehmonxonalar va favvoralar o‘rnatilgan tashkilotlar) kamaytirish uchun zararli hasharotlarga qarshi kurash tashkilotidan yordam so‘radi.

«Mahalliy aholi chikungunya bezgagi va uni yuqtirib olmaslik yo‘llaridan xabardor. Uylarning yonida chivinlar ko‘payishi mumkin bo‘lgan kichik suv havzalarini yo‘qotish shular jumlasidan», deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavfli, Tailandda, Virus, tarqaldi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя