Главная » 2016 » Декабрь » 8 » Google Wi-Fi simsiz routerlari sotuvga chiqarildi
18:15

Google Wi-Fi simsiz routerlari sotuvga chiqarildi


AQShning Google korporatsiyasi ixcham va simsiz Google Wi-Fi routerlarini sotuvga chiqardi. Ikki yoki undan ortiq routerni yagona simsiz tarmoqqa ulash imkonini beradigan uskuna 129 dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi TJournal.

Kompaniya simsiz router anonsini 4-oktabr kuni bergan edi. 17-noyabrdan uni oldindan buyurtma qilish imkoniyati tug‘ildi.

Router 140 kvadrat metr maydonni qoplaydi. Google Wi-Fi’ning uchta bloki esa 420 kvadrat metr masofaga internet tarqata oladi.

Bundan tashqari, Google Wi-Fi barcha foydalanuvchilarga uydan turib internetga kirish, bunda eng yaqin aloqa nuqtasini tanlash imkonini beradigan Network Assist texnologiyasiga ega. Tarmoq mobil dastur orqali boshqariladi.

Uchta routerdan iborat komplekt narxi — 229 dollar. Uni Amazon, Google Store va Best Buy’ning ixtisoslashtirilgan markazlaridan sotib olish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: simsiz routerlar, Google, Wi-Fi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя