Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » Habib va Jastin o‘rtasidagi jang oldindan kelishilganmi?
11:30

Habib va Jastin o‘rtasidagi jang oldindan kelishilganmi?


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang kelishilgan bo‘lishi mumkin. Rossiyalik sobiq MMA yulduzi Oleg Taktarov shunday fikr bildirgan. 

Oleg Taktarov Habibning ham, Getjining ham menejeri Ali Abdel-Aziz ekanligiga sha’ma qilgan. 

"Hozir hech kim u jangni esga olmayapti. Chunki Nurmuhamedov va Getji o‘rtasidagi jang kelishilgan ekanligi aniq. Bu ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Lekin, mening fikrimcha, bu normal holat. Imkoniyat bo‘lsa, harakat qilib, pul ishlab olinsa albatta, yaxshi. Habib faoliyatini tugatdi, endi u vazn qilishdan to‘xtaydi va salomatligini saqlaydi. Shuningdek, u yaxshigina pul ham ishlab oldi. Men uning uchun xursandman", degan Oleg Taktarov. 

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e'lon qildi. 

Keyinroq, UFC Prezidenti Dana Uayt Habib otasi uchun oktagonga qaytishi va 30-g‘alabasini ham qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgandi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Jang, oldindan, o‘rtasidagi, Habib, kelishilganmi, Jastin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя