Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Homiladorlikning siz bilmagan 7 belgisi
18:48

Homiladorlikning siz bilmagan 7 belgisi


1.    Kichik xayz ko‘rishlar. Homiladorlikda yaqin orada xayz ko‘rish mumkin emasligiga kafolat berilmaydi. Xayz kunlari boshlandi, demak bu safar ham homilador bo‘lolmadim, deyishga shoshmang. Aslida, bunday kichik xayz ko‘rishlar homiladorlikning ilk davrlarida bo‘lishi mumkin. 5-10 kun davomida tuxum xujayralar bachadon devoriga yopishib o‘rnashadi, ana shu jarayonda kichik xayz ko‘rish holatlari kuzatiladi.

2.    Teri rangining o‘zgarishi. Kindik atrofi,  ko‘krak so‘rg‘ichi, yonoqlar  to‘qroq rangga kiradi. Homiladorlikning boshlang‘ich davrida gormonlar o‘zgarishi natijasida bu holat yuz beradi.

3.    Bachadon bo‘yinchasidagi sanchiqlar. Xuddi xayz ko‘rish davridagi og‘riqlarday sanchiqlar bo‘lishi homiladorlik alomatlaridan biridir.

4.    Jinsiy aloqaga moyillik susayishi. Birinchi 3 oylikda bu tabiiy va ko‘p kuzatilgan holat.

5.    Ko‘rish qobilyatining ozroqhiralashuvi. Bu holat kamdan kam hollarda uchraydi.

6.    Tushuntirib bo‘lmas darajada kuchsizlik, holsizlik. Homilador ona organizmi yangi pallani boshidan kechirib, yangi hayot barpo etilishi yo‘lida tinmay mehnat qilarkan bu ajablanarli emas.

7.    Vazn esa umuman o‘zgarmasligi mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Homiladorlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя