Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Instagram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya funksiyasi paydo bo‘ldi
17:08

Instagram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya funksiyasi paydo bo‘ldi


Instagram mobil dasturi rasman to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya funksiyasiga ega bo‘ldi, u endi barcha AQSh fuqarolari uchun ochiq, deb yozadi “TASS”.

Foydalanuvchilar dasturni yangilagandan so‘ng paydo bo‘ladigan maxsus tugmani bosib, translyatsiyani ishga tushirishi mumkin. “Jonli” video bir soat bilan cheklanadi. Shu bilan birga u serverlarda saqlanib qolmaydi, shu tufayli rolikni yana bir marta tomosha qilib bo‘lmaydi.

Uning Facebook Live va Periscope kabi servislardan asosiy farqi ham shunda. Ushbu dasturlarda foydalanuvchilar translyatsiyani orqaga aylantirishi yoki uni keyinroq tomosha qilishi mumkin.

Hozircha Instagram’ning yangi funksiyasidan faqat AQSh fuqarolari foydalana oladi. Yangilik boshqa mamlakatlarda yaqin haftalarda joriy etiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Instagram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя