Главная » 2016 » Декабрь » 7 » Jeki Chan “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi
18:50

Jeki Chan “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi


Jeki Chan “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi“Tengrinews.kz” nashri.

Mashhur aktyor Jeki Chan bu mukofotga kino san’atiga qo‘shgan hissasi tufayli erishdi. Mukofotning taqdimot marosimi shanba kuni Los-Anjelos shahrida bo‘lib o‘tdi.

“200 ta filmda suratga tushish jarayonida sinmagan suyagim qolmadi, shuning uchun ham “Oskar” meniki bo‘lishi kerak”, deb hazillashdi 62 yoshli aktyor mukofotni qabul qilib olayotganda.

Amerika kinematografiya akademiyasi mazkur mukofotni 1948 yilda ta’sis etgan. 

Jeki Chan Forbes jurnalining 2016 yilgi eng qimmat haq oluvchi aktyorlar ro‘yxatidan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadi 61 million dollarni tashkil etadi. 

Jeki Chan 62 yoshga kirganiga qaramay, dunyoda jangovor filmlarda ishtirok etuvchi eng mashhur va mahoratli aktyor hisoblanadi. U jangari filmlar bilan bir qatorda komediya filmlarida ham rollarni mahorat bilan ijro etadi, jang sahnalarini o‘zi mustaqil ravishda sahnalashtiradi. Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida Jeki Channing o‘z yulduzi bor, bundan tashqari Gollivuddagi Xitoy teatrida barmoq izlarini qoldirgan ilk osiyolik aktyor hisoblanadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Jeki Chan, Oskar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя