Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Jonni Depp Garri Potter olami haqidagi filmda suratga tushadi
14:43

Jonni Depp Garri Potter olami haqidagi filmda suratga tushadi


Gollivud aktyori Jonni Depp Joan Roulingning “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” nomli kitobiga asoslangan filmning ikkinchi qismida rol ijro etadi. Ushbu filmlar Garri Potter haqidagi mashhur filmlarning spin-offidir (voqealari bir joyda bo‘ladigan, ammo qahramonlari boshqa film), deb xabar beradi“Korrespondent.net”.

Filmning va Jonni Depp gavdalantiradigan personajning nomi sir saqlanmoqda. Kartina 2018-yilda katta ekranlarga chiqadi.

Depp “Fantastik jonivorlar”ning birinchi qismida ham epizodik rol ijro etgan edi. Birinchi film rejissori — Devid Yeyts.

O‘z navbatida, Joan Rouling “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” kitobi asosida beshta film suratga olinishini ma’lum qildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Film, Jonni Depp, Garri Potter | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя