Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Karera qilish uchun 8 muhim qoida
13:25

Karera qilish uchun 8 muhim qoida


1. «Ishim bitsa, bas», demang

Hamisha har bir topshiriqni tez va sifatli qilib bajarishga harakat qiling. Muhim ishlarni ikkinchi darajalisidan farqlashni o‘rganing.

2. «Meni buni tushunmayman», deya ishdan bosh tortmang

Nafaqat o‘z sohangiz, balki unga yaqin va bog‘liqligi bor sohalarni ham o‘zlashtirish lozim. Shunda professional xodimga aylanasiz. Buning uchun axborotlarga e’tiborli bo‘ling, maxsus kurslarga qatnashing.

3. Ikkilanmang!

O‘zingizning u yoki bu yo‘nalishda chuqur bilimga egaligingizni isbotlamoqchi bo‘lsangiz, har xil kanallardan olingan aynan bir ma’lumotni tahlil qilib, o‘rganing. Bu yangi g‘oyalar manbaini yaratadi. Biror bir yig‘ilishda rostdan ham qiziqarli deb hisoblangan g‘oyangizni rahbariyatga bildiring. Uni ravon tilda, aniq va qisqa bayon qiling. Ha, aytgancha, o‘z fikringizni himoyalashni o‘rganing! Bu xususiyat xizmat pillapoyasidan tez ko‘tarilishni istaydiganlar uchun, ayniqsa, muhim.

4. Avval o‘ylang, keyin so‘ylang

Odamlarni tinglashni o‘rganing va har biridan ijobiy jihat izlang. Maqtovlarga saxiy bo‘ling, tanqid qilishga shoshilmang. Fikringizni bildirishdan oldin uni yaxshilab elakdan o‘tkazing.

5. Reja asosida ishlang!

Dastlab qisqa muddatda erishishingiz kerak bo‘lgan maqsadlarni yozing. So‘ngra 4-5 yildan keyin o‘zingizni qanday martabada ko‘rmoqchiligingizni tasavvur qiling va sizningcha bunga qanday yo‘l orqali erishish mumkinligini yozing. Qog‘ozga tushirganlaringiz haqiqatga qancha yaqin bo‘lsa, shuncha yaxshi.

6. Bahonalardan uzoq yuring

Rahbariyat biror topshiriq yuklaganda yoki oddiy ish kuni «oxirgi paytlar kayfiyatim yo‘q», «oilam notinch» kabi vajlarni keltirmang. Bu ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Va atrofdagilarning sizga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi.

7. O‘z ustingizda ishlang

Xatolaringiznidan to‘g‘ri xulosa chiqaring, ikkinchi marta takrorlamang. Yangi g‘oyalar uchun kitoblar o‘qing, izlaning. Bo‘sh vaqtlaringizni kerakli ma’lumotlar to‘plash bilan o‘tkazing.

8. Ishoning!

O‘zingizga, bilim va tajribangizga hamda atrofdagilarning sizga bo‘lgan ijobiy munosabatiga ishonch bilan olg‘a qadam tashlasangiz, barcha ishni uddalaysiz.


Категория: Maslaxatlar | | Теги: qoida, Karera qilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя