Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Odamlarlarga yoqishning 12 qoidasi
18:16

Odamlarlarga yoqishning 12 qoidasi


Kun davomida har xil fe’lli odamlar bilan ko‘rishamiz, muloqotda bo‘lamiz. Ammo ularning hammasi bilan ham til topisha olmaymiz. Quyida berilgan tavsiyalarimiz har qanday qiyin vaziyatlarda va og‘ir fe’l-atvorli odamlar bilan chiqishib ketishda asqotsa ajabmas.

1. Suhbatni do‘stona ohangda boshlang.
2. Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir.
3. Odamlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo‘ling.
4. Suhbatdoshingizga chin dildan qiziqing!
5. Eng yaxshi tinglovchi bo‘ling! Boshqalarga ko‘proq o‘zlari to‘g‘risida gapirishlariga imkoniyat bering.
6. Tortishuvlar paytida ma’naviy baland bo‘lishning yagona yo‘li, bu — tortishuvdan voz kechishdir.
7. Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat bilan qarang. Odamlarga hech qachon “Nohaqsan” demang.
8. Agar siz nohaq bo‘lsangiz, tez va keskin tan oling. 
9. Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o‘ziniki hisoblasin.
10. Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang.
11. Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo‘ling.
12. Odamga ma’naviy quvvat beruvchi gaplardan so‘zlang.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: usul, qoida, yoqish, Odamlarlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя