Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Sovun tanlashning 5 qoidasi
09:53

Sovun tanlashning 5 qoidasi


Gigiena vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigani sovun, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida ularni tanlashda ahamiyat berishimiz kerak bo‘lgan muhim qoidalarni sanab o‘tamiz.

•  Antibakterial sovundan har kuni foydalanib bo‘lmaydi. Uning tarkibidagi moddalar kerakli bakteriyalarni ham o‘ldiradi.

•  Gul va mevalar hidi ufurib turgan sovun tarkibida allergiyani qo‘zg‘ovchi moddalar bo‘ladi. Qolaversa, asosiy qismi ishqordan iborat. U terining kislota-ishqor muvozanatini buzadi va po‘st tashlashini kuchaytiradi.

•  Gliserinli sovunning afzallik tomoni shundaki, u terini yumshatadi. Biroq tarkibida gliserindan tashqari spirt ham bo‘lib, sovunning samarasini kamaytiradi.

•  Eng yaxshisi — bolalar sovuni. Tarkibida ishqor va terini qurituvchi moddalar minimal darajadan kam. Bundan tashqari, unga tabiiy o‘simlik ekstraktlari va yumshatuvchi tarkibiy birikmalar qo‘shiladi.

•  Xushbo‘y, chiroyli, och rangli sovunlarni tanlamang, aynan shunday sovunlarning foydasi kamroq bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tanlash, qoida, Sovun tanlash, Sovun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя