Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Kayfiyatni ko‘tarish usullari! 8 mashg‘ulot.
13:25

Kayfiyatni ko‘tarish usullari! 8 mashg‘ulot.


1. Harakatda bo‘ling

Charchoq va og‘riq bilan kurashishda jismoniy mashqlarga teng keladigan yo‘q. Axar tanamiz faollashgani sari organizm endorfin — “baxt gormoni”, adrenolin, serotonin va dofamin kabi gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi.

2. Qalampir bilan do‘st tutuning

Agar taomingizga qalampir qo‘shib tanovul qilsangiz taxminan 20 daqiqalardan keyin xursand bo‘lishni boshlaysiz. Chunki, organizm endorfin moddasini faolroq ishlab chiqaradi. Shunday ekan xursand bo‘lishni istasangiz, achchiq-achchiq taom yeng.

3. Yaqinlaringizni bag‘ringizga bosing

Quchoqlashish chog‘ida tanamiz oksitotsin – “mehr-muhabbat gormoni” og‘ushida qoladi. Shuning uchun kimnidir bag‘ringizga bosganingizda himoyalanganlik, ishonchni his etasiz. Shuningdek bu gormon stressdan xalos etadi.

4. Shokolad yeng

Ha, buni aytmasak ham yaxshi bilasiz. Yodingizdan chiqmasin dedik-da.

5. Quyosh nurlari g‘amlaringizni aritadi

Bulutli kunda tund kayfiyatda yurishimiz bor gap. Buni qarangki, bobo quyosh yetarlicha nur sochmasligi tufayli o‘sha mashhur baxt gormonlari kamroq ishlab chiqariladi. Shuning uchun mutaxassislar kayfiyat tushganida ochiq havoda, oftob nuridan bahramand bo‘lib sayr qilishni tavsiya qiladilar.

6. Internet imkoniyatlaridan foydalaning 

Kuzatuvlarga ishonadigan bo‘lsak, internet tarmog‘i orqali qiziqarli videoroliklarni tomosha qilgan kishilar 44 foizgacha e’tiborini yaxshiroq jamlarkan. 

7. Sovg‘a ulashing

Buning uchun bayram yoki yangi yilni kutib o‘tirish shart emas. Yaqinlariga tez-tez sovg‘a-salom ulashadigan insonlar o‘zlarini boshqalardan ko‘ra baxtliroq his etishadi. Chunki sovg‘a tanlash jarayonining o‘ziyoq, keyinchalik esa o‘sha onlarni yodga soluvchi xotiralar ham asabiylikni yengishga yordam beradi.

8. San’at shaydosiga aylaning

Inson nigohi go‘zallikka, ayniqsa san’at asariga tushganda organizm qoniqish gormoni – dofomin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Shunday ekan, gallereyalar va turli ko‘rgazmalarga borishga odatlaning. Juda vaqtingiz bo‘lmasa, atrofingizni, ish stolingizni, devorlarni yorqin suratlar bilan bezating.


Категория: Maslaxatlar | | Теги: kayfiyat, usul, Maslaxat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя