Главная » 2021 » Февраль » 7 » Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi
19:52

Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi


Turkiyaning Shanliurfa viloyati aholisi sirli Go‘beklitepa ibodatxona majmuasi yonida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan metall yodgorlikni topishdi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi Instagramdagi o‘zining  ahifasida xabar berdi.

Metall yodgorlik yorqin materialdan yasalgan. Uning balandligi 3 m, kengligi 45 sm bo‘lib, qadimiy turkiy tilda quyidagi yozuv bitilgan: «Oyni ko‘rishni istasang, osmonga qara». Ob’yekt topilgan joy politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Xuddi shunday metall yodgorliklar avval Yevropa va Amerikada qayd etilgandi. Shu tariqa 2020-yil kuzida AQShning Yuta shtatida uchuvchilar sirli monolitni payqab qolishgan. Ammo ko‘p o‘tmay u g‘oyib bo‘lgandi. Keyin bir nechta kishi uni yo‘q qilishganini tan olishgan.

Shundan so‘ng sirli monolitlar Germaniya, Gollandiya, AQSh, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Boliviya va Kanadada paydo bo‘lgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Turkiyada, paydo bo‘ldi, sirli, MoNoLiT | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя