Главная » 2020 » Август » 6 » Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi
22:31

Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi


Hindistonda Varisha ismli ayol o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib politsiyaga murojaat qilgan, deya xabar berdi «Times of India» gazetasi.

Hodisa Uttar-Pradesh shtatida yuz berdi. 27-iyul kuni G‘oziobod shahar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chemodanga joylangan ayol jasadini topishgan. Yaqinlari 24 yoshli qizning murdasini tasdiqlashgan. Tergovchilar yosh kelinni doimo xo‘rlab kelgani, urib-kaltaklagani uchun erini va qaynata-qaynanasini qotillikda ayblab, hibsga olgan.

Varishaning oilasi va yaqinlari dafn marosimini o‘tkazishib, uni tuproqqa qo‘yishdi.

Biroq bir hafta o‘tar-o‘tmas kelin o‘z oyoqlari bilan G‘oziobod politsiya mahkamasiga yurib keldi. U shu paytgacha ilgari ishlagan qo‘shni shaharda bo‘lganini, faqat qayerga ketganini hech kimga bildirmaganini so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘i va qaynata-qaynanasiga qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilingan.

Kelin eson-omon oilasi bag‘riga qaytib kelgani yaxshi bo‘ldi. Lekin politsiyachilarni boshqa masala o‘ylantiryapti: «Unda chemodandan chiqqan ayol kim? Kimning jasadini dafn etishdi?» Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari allaqachon tergov harakatlarini boshlab yuborishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qaytib keldi, dafn marosimidan, uyiga, o‘zining, Kelin, 6 kun o‘tib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя