Главная » 2020 » Апрель » 25 » Kimlarda koronavirusga qarshi immunitet bo‘ladi?
11:39

Kimlarda koronavirusga qarshi immunitet bo‘ladi?


Berlindagi “Charite” klinikasining virusologi Kristian Drosten koronavirusning yangi turiga qarshi immunitetning qanday paydo bo‘lishini aniqladi. Uning fikricha, hozirda COVID-19 qarshi immunitetga ega bo‘lgan odamlar mavjud.

Ma’lum bo‘lishicha, avvalgi koronaviruslar (SARS, MARS) bilan kasallangan odamlar COVID-19 ga qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u COVID-19 ga chalingan odamlarda ham ushbu kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘lishi ehtimoli kattaligini aytib o‘tgan. Drosten shu mavzuda bir qancha odamlarda sinov o‘tkazgan.

“Bemorlarning 34 foizida COVID-19 ga qarshi tura oladigan T-hujayralari borligi aniqlandi. Ammo ushbu odamlar SARS-CoV-2 bilan hech qachon kasallanmagan“, deydi Drosten.

Virusologning so‘zlariga ko‘ra, u klinik laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pnevmoniya keltirib chiqaradigan bir qator koronaviruslar COVID-19 bilan o‘xshash. Bundan tashqari, ular sabab T-hujayralari aktiv harakatga kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, T-hujayralari ham avvalgi koronaviruslarga ham SARS-CoV-2 ga qarshi tura oladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 832 441 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 807 037 nafari sog‘aygan, 197 342 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 828 062 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusga, bo‘ladi?, Kimlarda, qarshi immunitet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя