Главная » 2020 » Май » 7 » Koronavirusga qarshi dori yaratish bo‘yicha dastlabki muvaffaqiyat haqida e’lon qilindi
09:43

Koronavirusga qarshi dori yaratish bo‘yicha dastlabki muvaffaqiyat haqida e’lon qilindi


Koronavirusga qarshi vaksina va dori yaratilishida erishilgan muvaffaqiyat ommaga e’lon qilindi. Isroillik mutaxassislar kasallangan organizmdagi COVID-19 ga qarshi faol hujum uyushtirishga qodir antitanalarni aniqladi.

Mazkur antitanalar koronavirusga qarshi dori va vaksina ishlab chiqarilishida qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Isroilning i24 portali Mudofaa vaziri Naftali Bennetta bergan bayonotga tayanib xabar berdi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda patentlashni ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Biroq dori vositalarining ishlab chiqilish va savdoga chiqarilish sanalari to‘g‘risida Bennet hech narsa demadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: haqida e’lon qilindi, qarshi dori, koronavirusga, muvaffaqiyat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя