Главная » 2021 » Январь » 4 » Koviddan o‘layotgan bemorning so‘nggi so‘zlari uning yaqinlarini shokka tushirdi
23:21

Koviddan o‘layotgan bemorning so‘nggi so‘zlari uning yaqinlarini shokka tushirdi


Buyuk Britaniyada COVID-19ga chalingan erkak o‘lim qo‘rquvidan uni komaga tushirmaslikni iltimos qildi, deb yozadi The Daily Mail.

40 yoshli Leon Bouz va uning turmush o‘rtog‘i, 38 yoshli Nikola Jennison koronavirus bilan kasallanganidan keyin noyabr oyining boshlarida o‘zlarini izolyasiyaga olishadi.

Jennisonning so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘ida jiddiy muammo bo‘lmagan, u deyarli ichmagan va chekmagan. Dastlab, Bouz kasallik alomatlarini sezmagan, ammo keyinchalik uning ahvoli yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Bouz sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan, keyingi to‘rt haftani intensiv terapiyada o‘tkazgan va shu vaqt ichida unga ikki marta pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va erkakning buyraklari ham ishlamay qolgan. Shifokorlar uning yashab qolish imkoniyatini bir foizga baholashdi.

«Uning menga aytgan so‘nggi so‘zlari: «Meni uxlatmang, men uyg‘onmayman». Buni eshitish juda og‘ir edi», – dedi Jennison.

Biroq, Bouzni baribir komaga tushirishdi va u bir necha kun o‘tib hushiga kelmasdan vafot etdi.

Jennison bularning barchasi qanday sodir bo‘lganligini tushunolmasligini aytadi. «U hech qachon chekmagan, ichmagan, hech qayerga chiqmagan, doim shunday ehtiyotkor edi, ammo endi u yo‘q», deya qo‘shimcha qiladi u.

O‘tgan kun davomida Buyuk Britaniyada 54 990 kishi koronavirus bilan kasallangan, 454 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 2 654 779 kishida koronavirus tasdiqlangan, 75 024 bemor vafot etgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tushirdi, so‘nggi so‘zlari, bemorning, shokka, o‘layotgan, Koviddan, yaqinlarini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя