Главная » 2020 » Ноябрь » 29 » Maradonaning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi
21:16

Maradonaning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi


Avvalroq, futbol afsonasi Diyego Maradona 60 yoshida yurak hurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Jahon futboli afsonasi 25 noyabr kuni Buenos-Ayresdagi uyida vafot etgan. 

TN telekanali Maradona hayotining so‘nggi daqiqalari haqida ma’lumot bergan. 

Maradona uyg‘ongan, nonushta qilgan, yotadigan joyiga qaytib kelgan va so‘nggi so‘zlarini aytgan: "Me siento mal" ("Men o‘zimni yomon his qilyapman").

Afsonaviy futbolchiga qaragan hamshira tez yordam chaqirgan. Tez yordam shifokorlari Maradonani qutqarishga urinishgan, ammo barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. 

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Sevilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: so‘nggi so‘zlari, Maradona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя