Главная » 2017 » Август » 1 » Krishtianu Ronaldu 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
12:13

Krishtianu Ronaldu 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin


Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlar bilan bog‘liq mojaro tufayli Madrid sudi oldida javob berdi.

Portugaliyalik futbolchi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash tufayli qanday jazoga tortilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Ronalduning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi to‘la isbotlansa, u kamida 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ushbu muddat qisqartirilishi ham mumkin. Ammo bunda Krishtianu soliqlar bo‘yicha barcha qarzlar va jarimalarni to‘lab berishi lozim bo‘ladi.

32 yoshli futbolchi 11 avgustga qadar o‘z ishi bo‘yicha ma’lum yengilliklar olish imkoniyati ega. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillarda soliq idoralaridan 14,7 mln yevroni yashirishda ayblanmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ozodlikdan mahrum, 7 yil, Krishtianu Ronaldu, etilishi mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя