Главная » 2016 » Декабрь » 17 » Lola yangi klipida qalbini tilkalayotgan tuyg‘ularni aks ettirdi(video)
18:25

Lola yangi klipida qalbini tilkalayotgan tuyg‘ularni aks ettirdi(video)


Xonanda Lola 16 dekabr kuni uzoq kutilgan  “Bilmaysan” klipini taqdim etdi. Klip qisqa muddat ichida qariyb 12 ming marta tomosha qilindi. Klipda bosh qahramon ya’ni aldov va xiyonat qurboni bo‘lgan ayol obrazini Lolaning o‘zi mahorat bilan ijro etdi. 

Qanchalik qiyin bo‘lmasin jilmayishga urinayotgan ayol klip so‘nggida hayot davom etayotganini anglab yetadi...

Klipni tomosha qilar ekansiz, qahramonning ruhiy holatini aks ettirgan Lolaning mahoratiga yuqori baho berasiz.

“Aziz ayollar, qizlar, men sizning e’tiboringizga yangi ‘Bilmaysan’qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etmoqchiman.  Erkaklar bu ishni to‘liq holda tushunishi va his etishi amri mahol.

Men bu qo‘shig‘imni ayollar qo‘shig‘i deb hisoblayman. Shuning uchun men bu qo‘shiqni biz, kuchli, go‘zal va vafodor, sevish va kutishni biladigan ayollarga bag‘ishladim. 

Umid qilamanki, men bir qismi ichimda qolgan va meni bo‘laklayotgan tuyg‘ularni sizga yo‘llay oldim. 

Men sizning ovozingiz, qalb nolangiz bo‘laman, U esa bilmasin, hatto! Men sizning fikringiz va taassurotlaringizni eshitishni juda xohlardim”,—deb yozadi Lola yangi klipi haqida.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Bilmaysan, Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя