Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Mavluda Asalxo‘jayeva xorijdan qo‘shiq o‘g‘irlayotgan xonandalarni qoraladi
15:43

Mavluda Asalxo‘jayeva xorijdan qo‘shiq o‘g‘irlayotgan xonandalarni qoraladi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning ijodi haqida gap ketganda, xonanda ko‘plab qo‘shiqlarini turk estradasidan olib ijro etgani haqida so‘z ochiladi. Shu bugungacha xonanda turk estradasidan olingan qo‘shiqlarining mualliflik huquqini sotib olganini va qo‘shiq ijrochilardan ruxsat so‘raganini ma’lum qilib kelgan.
 
Ayni damda Mavluda Asalxo‘jayeva xorij qo‘shiqlaridan butkul voz kechgan. U bastakor Bahodir Nizomov bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ketma-ket qo‘shiqlar tayyorlayapti.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning yangi qo‘shig‘i ham shular jumlasidandir.
 
Xonanda bugun saytimiz orqali Bahodir Nizomov so‘zi va musiqasi bilan yaratilgan “Zor yuragingman” nomli qo‘shiqni taqdim etmoqda. Mazkur taronaga musiqiy sayqalni Umid Obidov bergan. Asalxo‘jayevaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, tez orada qo‘shiqqa klip suratga olinadi.
 
“Bahodir va Umid bilan ish boshlaganimdan keyin ijodimga sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu yilning o‘zida 20 ta qo‘shiq yozdim. Eng muhimi bu qo‘shiqlar xorij estradasidan o‘g‘irlanmaganiga ishonaman.
 
Shu vaqtgacha qanchadan-qancha qo‘shiqni falon million so‘mga xorijdan sotib olib kuylashga majbur bo‘lganman. Chunki ko‘nglimdagidek bastakorni topa olmasdim. Albatta, xorijdan ko‘chirilgan qo‘shiqni “Siz uchun maxsus yozilgan, mualliflik mahsuloti”, deb mo‘may pulga sotganlar ham bo‘ldi.
 
Aslida, men plagiatga butkul qarshiman. San’atkorlar noilojlikdan plagiatga qo‘l urishi mumkin. Lekin meni buni ham yoqlamayman. Biror qo‘shiq yoqib qolgudek bo‘lsa, uni ruxsat so‘rab yoki pulini to‘lab aytish kerak”, deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.
 
Xonandaning “Zor yuragingman” nomli yangi qo‘shig‘ini saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mavluda Asalxo‘jayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя